Compulsory motor insurance rules (Cabinet Resolution No. 141, 2008)

I2-7-band. I. Umumiy qoidalar — I2-7-band

Quyidagilar oqibatida transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligining yuzaga kelishi sug'urta hodisasi hisoblanmaydi: majburiy sug'urta bo'yicha sug'urta polisida ko'rsatilmagan transport vositasidan foydalanishda zarar yetkazish; ma'naviy yetkazilgan zarar va (yoki) boy berilgan foydaning o'rnini qoplash bo'yicha majburiyatning yuzaga kelishi; transport vositasidan maxsus ajratilgan joylarda musobaqalar, sinovlar yoki o'quv haydovi davomida foydalanishda zarar yetkazilganligi; atrof muhitning ifloslanishi; tashilayotgan yuk ta'sirida zarar yetkazilishi, agar bunday javobgarlik majburiy sug'urtaning tegishli turi to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq majburiy sug'urta qilinishi kerak bo'lsa; xodimlar xizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarayotganida ularning hayoti yoki sog'lig'iga zarar yetkazilishi, agar bu zararning majburiy sug'urtaning tegishli turi to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq qoplanishi lozim bo'lsa; xodimga zarar yetkazilganligi tufayli kelib chiqqan zararning o'rnini ish beruvchi tomonidan qoplash bo'yicha majburiyati; yo'lovchining hayoti, sog'lig'i va (yoki) mol-mulkiga ziyon yetkazilganligi tufayli kelib chiqqan zararlarning o'rnini tashuvchi tomonidan qoplash majburiyati; haydovchining o'zi boshqarayotgan transport vositasiga va uning tirkamasiga, ularda tashilayotgan yukka va (yoki) ularga o'rnatilgan asbob-uskunalarga zarar yetkazilganligi; yukni ortish yoki tushirishda, shuningdek transport vositasi mazkur transport vositasining egasi bo'lgan korxona, muassasa yoki tashkilot hududida harakatlanganida zarar yetkazilganligi; nodir va boshqa noyob buyumlar, me'moriy yodgorliklar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar va metallardan ishlangan buyumlarga, diniy qadriyatga ega buyumlar, san'at asarlari, qo'lyozmalar, noyob audiovizual asarlarga hamda intellektual faoliyatning boshqa mahsullariga, qimmatli qog'ozlar, naqd pullarga, shu jumladan chet el valyutasiga shikast yetkazilganligi yoki ularning yo'q qilinganligi; jabrlanuvchilarning sug'urta hodisasi yuzaga kelishiga qaratilgan qasddan qilgan xatti-harakatlari natijasida yetkazilgan zarar. Ushbu bandda ko'rsatilgan hollarda transport vositasi egalarining fuqarolik javobgarligi yuzaga kelgan taqdirda yetkazilgan zararning o'rni ular tomonidan qonunchilikka muvofiq qoplanishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.