Yo'l-transport hodisasi to'g'risida xabarnoma tuzilgan holatlarda yo'l-transport hodisasida ishtirok etgan transport vositalarini ko'rikdan yoki mustaqil texnik ekspertizadan o'tkazish ushbu Qoidalarning 41 — 44-bandlarida ko'rsatilgan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi.
Transport vositalarining egalari transport vositalarini sug'urtalovchining yozma roziligisiz yoki sug'urtalovchi sug'urta tovonini to'lash to'g'risida yoxud uni to'lashni rad etish haqida qaror qabul qiladigan kunga qadar ta'mirlashga yoki utilizatsiya qilishga haqli emas.
Sug'urtalovchi ushbu Qoidalarning 47⁹-bandida belgilangan muddatda sug'urta tovonini to'lash to'g'risida yoki uni to'lashni rad etish haqida qaror qabul qilmagan hollarda, transport vositalarining egalari tegishli transport vositalarini ta'mirlash yoki utilizatsiya qilish huquqiga ega. Bu holda sug'urtalovchi ta'mirlash yoki utilizatsiya qilish bilan bog'liq bo'lgan masalalar yuzasidan nizolashishga haqli emas.
lex.uz’dagi asl matnCompulsory motor insurance rules (Cabinet Resolution No. 141, 2008)
I2-47⁸-band. V¹. Yo'l-transport hodisasi to'g'risidagi xabarnomani tuzish asoslari va tartibi — I2-47⁸-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.