Fuqarolik javobgarligini sug'urta qilish majburiyati quyidagi transport vositalari egalariga nisbatan tatbiq etilmaydi:
eng katta konstruktiv tezligi soatiga 20 kilometrdan oshmaydigan transport vositalari;
tirkamalar va ikki, uch g'ildirakli yoki ish hajmi 50 kub santimetrgacha bo'lgan dvigatel yoki inson yoxud hayvon kuchi bilan harakatga keltiriladigan boshqa transport vositalari;
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining transport vositalari, O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining xo'jalik faoliyatini ta'minlash uchun foydalaniladigan avtobuslar, yengil avtomobillar, boshqa transport vositalari bundan mustasno;
chet davlatlarda ro'yxatdan o'tkazilgan transport vositalari, agar ular egalarining fuqarolik javobgarligi O'zbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan xalqaro majburiy sug'urta tizimlari doirasida sug'urta qilingan bo'lsa;
egalarining fuqarolik javobgarligi qonunga muvofiq boshqa shaxs tomonidan sug'urta qilingan transport vositalari.
lex.uz’dagi asl matnCompulsory motor insurance rules (Cabinet Resolution No. 141, 2008)
I2-4-band. I. Umumiy qoidalar — I2-4-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.