Navbatdagi yil uchun Jamg'arma daromadlari va xarajatlari prognozlari direktsiya tomonidan kuzatuv kengashiga ko'rib chiqish va tasdiqlash uchun kiritiladi.
Daromadlar va xarajatlarning yillik prognozlari, shu jumladan, Jamg'armaning xarajatlar smetasi kuzatuv kengashi tomonidan kelgusi yilning 10 fevraliga qadar tasdiqlanadi.
Bunda Jamg'armaning xarajatlar smetasi tasdiqlangunga qadar xarajatlar summasi oldingi moliya yilining oxirgi choragidagi xarajatlar summasidan oshib ketmasligi kerak va qonunchilikda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun xarajatlar summasi hisobga olingan holda tuzatish kiritilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnCompulsory motor insurance rules (Cabinet Resolution No. 141, 2008)
36-band. VII. Jamg'armaning daromadlari va xarajatlari prognozini tayyorlash, ko'rib chiqish va tasdiqlash — 36-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.