«Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida»gi qonun

27-modda. Kompensatsiya to'lovlarining miqdori

(27-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Kompensatsiya to'lovlarining miqdori ushbu Qonun 22-moddasining talablariga rioya etilgan holda aniqlanadi. Kompensatsiya to'lovlari sud xarajatlarini, shuningdek jarimalar va boshqa shu kabi to'lovlarni qoplamaydi. Kompensatsiya to'lovlari zararni bartaraf qilish va (yoki) kamaytirish yuzasidan jabrlanuvchining (uning merosxo'ri yoki huquqiy vorisining) tashabbusi bilan kechiktirib bo'lmaydigan choralar ko'rilganligi munosabati bilan vujudga kelgan, uning barcha bildirilgan va isbotlanadigan xarajatlarini hatto bu choralar muvaffaqiyatli bo'lmagan hollarda ham qoplaydi. Zararni bartaraf qilish va (yoki) kamaytirish yuzasidan jabrlanuvchining (uning merosxo'ri yoki huquqiy vorisining) tashabbusiga ko'ra kechiktirib bo'lmaydigan choralar ko'rilganligi munosabati bilan vujudga kelgan uning xarajatlari qonunchilikda nazarda tutilgan sug'urta tovoni miqdoridan ortiq bo'lishi mumkin emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.