«Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida»gi qonun

25-modda. Kompensatsiya to'lovlarini olish huquqi

(25-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 февралдаги ЎРҚ-911-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 22.02.2024 й., 03/24/911/0142-сон)

Jabrlanuvchining hayoti, sog'lig'i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o'rnini qoplash hisobiga kompensatsiya to'lovi majburiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urta to'lovi quyidagilar oqibatida to'lanishi mumkin bo'lmagan hollarda amalga oshiriladi: sug'urtalovchiga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qo'llanilganligi; jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxsning noma'lumligi; transport vositasi uni g'ayriqonuniy yo'l bilan, egallab olgan shaxs tomonidan foydalanilganligi natijasida zarar yetkazilganligi; foydalanilayotganda zarar yetkazgan transport vositasining egasi o'z fuqarolik javobgarligini sug'urta qilish bo'yicha majburiyatini bajarmaganligi. O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslar, shuningdek O'zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki joriy kalendar yilda yakunlanayotgan har qanday ketma-ketlikdagi o'n ikki oylik davr ichida jami bir yuz sakson uch kun va undan ortiq muddat O'zbekiston Respublikasida turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar kompensatsiya to'lovlarini olish huquqiga ega. O'zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet davlatlar fuqarolari kompensatsiya to'lovlarini olish huquqiga, agar shu chet davlatlarning qonunchiligiga muvofiq shunday huquq O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga berilgan bo'lsa, egadir. Kompensatsiya to'lovlarini amalga oshirish to'g'risidagi talab jabrlanuvchining hayoti, sog'lig'i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilgan kundan e'tiboran uch yil ichida bildirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.