Jabrlanuvchining hayoti yoki sog'lig'iga zarar yetkazilganda sug'urta tovonining miqdori sug'urta summasining 65 foizidan ortiq bo'lishi mumkin emas.
Bir nechta jabrlanuvchining hayoti yoki sog'lig'iga zarar yetkazilganda har bir jabrlanuvchiga (uning merosxo'riga) tegadigan sug'urta tovoni miqdori har bir jabrlanuvchining hayoti yoki sog'lig'iga yetkazilgan zararning darajasiga mutanosib ravishda, ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan summa doirasida aniqlanadi.
Jabrlanuvchining mol-mulkiga zarar yetkazilganda sug'urta tovonining miqdori sug'urta summasining 35 foizidan ortiq bo'lishi mumkin emas.
Bir nechta jabrlanuvchining mol-mulkiga zarar yetkazilganda har bir jabrlanuvchiga (uning merosxo'riga yoki huquqiy vorisiga) tegadigan sug'urta tovoni miqdori har bir jabrlanuvchining mol-mulkiga yetkazilgan zararning darajasiga mutanosib ravishda, ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan summa doirasida aniqlanadi.
Sug'urtalovchi sug'urta qildiruvchining (fuqarolik javobgarligi majburiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urtalangan boshqa shaxsning) tashabbusi bilan yoki sug'urtalovchining talabiga binoan zararni bartaraf qilish va (yoki) kamaytirish yuzasidan kechiktirib bo'lmaydigan choralar ko'rilishi munosabati bilan yuzaga kelgan sug'urta qildiruvchining (fuqarolik javobgarligi majburiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urtalangan boshqa shaxsning) barcha bildirilgan va isbotlanadigan xarajatlarini, hatto bu choralar muvaffaqiyatsiz bo'lgan hollarda ham qoplaydi.
Zararni bartaraf qilish va (yoki) kamaytirish bo'yicha xarajatlar sug'urta tovoni miqdoridan ortiq bo'lishi mumkin emas.
Sug'urta tovoni sud xarajatlarini, shuningdek jarimalar va boshqa shu kabi to'lovlarni qoplamaydi.
Jabrlanuvchining hayoti, sog'lig'i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o'rni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan sug'urta summasi doirasida qoplanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida»gi qonun
22-modda. Sug'urta tovoni miqdori
(22-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ-1154-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1154/0618-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.