«Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida»gi qonun

18-modda. Majburiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urtalovchining almashtirilishi

(18-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Majburiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urtalovchining almashtirilishi mazkur sug'urtalovchi boshqa sug'urtalovchi bilan tuzgan shartnoma asosida, ushbu moddaning talablariga rioya etilgan holda amalga oshirilishi mumkin. Sug'urtalovchining almashtirilishiga sug'urtalovchining qaysi sug'urta qildiruvchilar oldidagi majburiyatlari majburiy sug'urta shartnomasi bo'yicha boshqa sug'urtalovchiga o'tkaziladigan bo'lsa, shu sug'urta qildiruvchilarning roziligi bilan yo'l qo'yiladi. Bundan tashqari, majburiyatlar boshqa sug'urtalovchiga o'tkaziladigan majburiy sug'urta shartnomalari bo'yicha sug'urta to'lovlarini amalga oshirishni talab qilayotgan jabrlanuvchilarning (ularning merosxo'rlari yoki huquqiy vorislarining) roziligini olish zarur bo'ladi. Majburiy sug'urta shartnomalari bo'yicha majburiyatlarni qabul qilib olayotgan sug'urtalovchining sug'urta qildiruvchilar va jabrlanuvchilar (ularning merosxo'rlari yoki huquqiy vorislari) sug'urtalovchini almashtirishga rozi ekanliklari to'g'risidagi so'rovi yozma shaklda amalga oshiriladi. So'rovda sug'urta qildiruvchilar va jabrlanuvchilarning (ularning merosxo'rlari yoki huquqiy vorislarining) sug'urtalovchining almashtirilishini rad etish huquqi tushuntirib berilishi kerak. Sug'urta qildiruvchilar va jabrlanuvchilar (ularning merosxo'rlari yoki huquqiy vorislari) sug'urtalovchining almashtirilishiga rozilik berishga yoki rad etishga haqlidir. Sug'urta qildiruvchilar va jabrlanuvchilar (ularning merosxo'rlari yoki huquqiy vorislari) majburiy sug'urta shartnomasi bo'yicha majburiyatlarni topshiruvchi yoki qabul qilib oluvchi sug'urtalovchini o'z qarori to'g'risida yozma shaklda xabardor qiladi. Majburiy sug'urta shartnomalari bo'yicha majburiyatlarni qabul qilib oluvchi sug'urtalovchi majburiy sug'urta bo'yicha sug'urta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo'lishi lozim. Sug'urtalovchining majburiy sug'urta shartnomasi bo'yicha o'ziga o'tkazilayotgan majburiyatlarni qabul qilib olishi qonunchilikka muvofiq belgilangan, bajarilishi majburiy bo'lgan to'lovga qobiliyatlilik normativlarining buzilishiga sabab bo'lmasligi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.