«Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida»gi qonun

16¹-modda. Transport vositasidan cheklanmagan tarzda foydalanishda majburiy sug'urta qilish

(16¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ-1154-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1154/0618-сон)

Transport vositasining egasi transport vositasining soni cheklanmagan haydovchilar tomonidan boshqarilishida ularning fuqarolik javobgarligini sug'urta qilish maqsadida majburiy sug'urta shartnomasini tuzishga haqlidir. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha haydovchilar soni cheklanmagan holda foydalanish sharti bilan rasmiylashtirilgan sug'urta shartnomasida transport vositasining mulkdori va uning yaqin qarindoshlari, transport vositasining egasi ko'rsatilmaydi. Bunda ularning fuqarolik javobgarligi sug'urta qilingan hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.