Majburiy sug'urtani amalga oshirish uchun sug'urtalovchi o'ziga maxsus vakolatli davlat organi tomonidan berilgan majburiy sug'urta bo'yicha sug'urta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo'lishi kerak.
Majburiy sug'urtani amalga oshiruvchi sug'urtalovchi Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida majburiy sug'urta shartnomasi tuzishga, jabrlanuvchining (uning merosxo'ri yoki huquqiy vorisining) sug'urta to'lovlari haqidagi talablarini ko'rib chiqishga hamda sug'urta to'lovlarini amalga oshirishga vakolatli o'z filiallariga ega bo'lishi kerak.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari egallab turgan binolarda va hududlarda majburiy sug'urta shartnomalari tuzishga hamda majburiy sug'urta bo'yicha muayyan sug'urtalovchining xizmatlari reklamasini joylashtirishga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn«Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida»gi qonun
14-modda. Majburiy sug'urtani amalga oshiruvchi sug'urtalovchilarga qo'yiladigan talablar
(14-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2011 йил 15 апрелдаги ЎРҚ-283-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2011 й., 15-сон, 149-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.