Majburiy sug'urta bo'yicha sug'urta tariflarini davlat tomonidan tartibga solish ushbu Qonunga muvofiq iqtisodiy asoslangan sug'urta tariflarini yoki ularning eng yuqori darajalarini belgilash, shuningdek sug'urta tariflarining tuzilishini va sug'urtalovchilar tomonidan sug'urta mukofoti miqdorini aniqlashda ularning qo'llanilish tartibini belgilash orqali amalga oshiriladi.
Majburiy sug'urta bo'yicha sug'urta tariflari, ularning eng yuqori darajalari, sug'urta tariflarining tuzilishi va sug'urtalovchilar tomonidan sug'urta mukofoti summasini aniqlashda ularning qo'llanilish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ushbu Qonunga muvofiq belgilanadi.
Belgilangan sug'urta tariflarining amal qilish muddati bir yildan kam bo'lishi mumkin emas. Sug'urta tariflarining o'zgarishi sug'urta qildiruvchi to'lash paytida amalda bo'lgan sug'urta tariflariga ko'ra to'lagan sug'urta mukofotining miqdori majburiy sug'urta shartnomasining amal qilishi muddati mobaynida o'zgarishiga olib kelmaydi.
lex.uz’dagi asl matn«Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida»gi qonun
10-modda. Majburiy sug'urta bo'yicha sug'urta tariflarining davlat tomonidan tartibga solinishi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.