Oila kodeksi

85-modda. Bolaning sud tomonidan ota-onalik huquqi cheklangan ota-ona bilan ko'rishishi

Sud tomonidan ota-onalik huquqi cheklangan ota-onaning bolasi bilan ko'rishishi unga salbiy ta'sir ko'rsatmasa, bola bilan ko'rishishga ruxsat berilishi mumkin. Ota-onaning bola bilan ko'rishishiga vasiylik va homiylik organining roziligi bilan yoxud vasiy (homiy)ning, bolaning tutingan ota-onasi yoki bola turgan muassasa ma'muriyatining roziligi bilan yo'l qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.