Oila kodeksi

81-modda. Ota-onalik huquqidan mahrum qilish oqibatlari

(81-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota-ona qaysi bolaga nisbatan ota-onalik huquqidan mahrum qilingan bo'lsa, shu bolaga nisbatan bo'lgan qarindoshlik faktiga asoslangan barcha huquqlardan, shu jumladan undan ta'minot olish, shuningdek bolali fuqarolar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va nafaqalar olish huquqlaridan mahrum bo'ladi. Ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi ota-onani o'z bolasiga ta'minot berish majburiyatidan ozod qilmaydi. Ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota-onaning (ulardan birining) bundan keyin bola bilan birgalikda yashash-yashamaslik masalasi sud tomonidan uy-joy to'g'risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi. Ota-onasi (ulardan biri) o'ziga nisbatan ota-onalik huquqidan mahrum qilingan bola, agar u farzandlikka olingan bo'lmasa, turar joyga bo'lgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish huquqini saqlab qoladi, shuningdek ota (ona)si va boshqa qon-qarindoshlari bilan tug'ishganlik faktiga asoslangan barcha mulkiy huquqlarini, jumladan meros olish huquqini saqlab qoladi. Bolani ota yoki onasiga berishning imkoniyati bo'lmagan yoki ota-onaning har ikkalasi ham ota-onalik huquqidan mahrum qilingan taqdirda, bola vasiylik va homiylik organining qaramog'iga olib beriladi. Ota-ona (ulardan biri) ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda bolani farzandlikka olishga ota-ona (ulardan biri) ota-onalik huquqidan mahrum qilinganligi to'g'risidagi sudning hal qiluv qarori chiqarilgan kundan keyin kamida olti oy o'tgach yo'l qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.