Oila kodeksi

7-modda. Oila to'g'risidagi va fuqarolik qonunchiligining o'xshashlik bo'yicha qo'llanilishi

(7-модда Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Oila a'zolari o'rtasidagi munosabatlar oila to'g'risidagi qonunchilik yoki taraflarning kelishuvi bilan tartibga solinmagan va bunday munosabatlarni bevosita tartibga soluvchi fuqarolik qonunchiligi normalari mavjud bo'lmagan taqdirda, mohiyati jihatidan ushbu munosabatlarga zid kelmaydigan oila to'g'risidagi va (yoki) fuqarolik qonunchiligining o'xshash munosabatlarni tartibga soluvchi normalari (qonun o'xshashligi) qo'llaniladi. Bunday normalar bo'lmagan taqdirda oila a'zolarining huquq va majburiyatlari oila hamda fuqarolik huquqining umumiy tamoyillariga tayangan holda (huquq o'xshashligi), shuningdek insoniylik, oqillik va adolat tamoyillariga amal qilgan holda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.