Oila kodeksi

63-modda. Otalik (onalik) to'g'risida e'tiroz bildirish

Tug'ilishni yozish daftaridagi tug'ilishga oid yozuv bolaning unda ko'rsatilgan ota-onadan tug'ilganligini tasdiqlovchi dalil hisoblanadi. Bolaning otasi yoki onasi deb yozilgan shaxs unga bunday yozuv ma'lum bo'lgan yoki ma'lum bo'lishi lozim bo'lgan vaqtdan e'tiboran bir yil mobaynida ana shu yozuv to'g'risida sud tartibida e'tiroz bildirishga haqlidir. Agar shu vaqtga kelib, bolaning otasi yoki onasi deb yozilgan shaxs voyaga yetmagan bo'lsa, bir yillik muddat mazkur shaxs o'n sakkiz yoshga to'lgan vaqtdan boshlab hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.