Oila kodeksi

49-modda. Nikohni haqiqiy emas deb topish asoslari

(49-модда матни Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 6 апрелдаги ЎРҚ-84-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2007 й., 14-сон, 133-модда)

Nikoh quyidagi hollarda haqiqiy emas deb topiladi: ushbu Kodeksning 14—16-moddalarida belgilangan shartlar buzilganda; soxta nikoh tuzilganda, ya'ni er-xotin yoki ulardan biri oila qurish maqsadini ko'zlamay nikoh qayd qildirganda; nikohlanuvchi shaxslardan biri tanosil kasalligi yoki odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV kasalligi) borligini ikkinchisidan yashirganda, agar ikkinchisi sudga shunday talab bilan murojaat etsa.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.