O'zbekiston Respublikasida oila, onalik, otalik va bolalik davlat himoyasidadir.
O'zbekiston Respublikasida onalik va otalik izzat-ikromga hamda hurmatga sazovordir.
Ona va bola manfaatlarini muhofaza qilish ayollarning mehnati va sog'lig'ini saqlashga doir maxsus tadbirlar ko'rish, mehnatni onalik bilan bog'lab qo'shib olib borish uchun ayollarga sharoit yaratish, onalik va bolalikni huquqiy himoya qilish, moddiy va ma'naviy jihatdan qo'llab-quvvatlash yo'li bilan ta'minlanadi.
lex.uz’dagi asl matnOila kodeksi
4-modda. Oilaning, onalik, otalik va bolalikning muhofaza qilinishi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.