Oila kodeksi

33-modda. Nikoh shartnomasini haqiqiy emas deb topish

Nikoh shartnomasi sud tomonidan O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan asoslar bo'yicha to'la yoki qisman haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Nikoh shartnomasining shartlari ushbu Kodeks 31-moddasi beshinchi qismining talablariga zid kelsa, sud er-xotindan birining talabiga binoan nikoh shartnomasini to'la yoki qisman haqiqiy emas deb topishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.