O'zbekiston Respublikasi hududida O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxslar o'rtasidagi, shuningdek chet el fuqarolari o'rtasidagi nikohdan ajratish O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashab turgan O'zbekiston Respublikasining fuqarosi O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashab turgan eri (xotini) bilan tuzilgan nikohdan, mazkur shaxs qaysi davlat fuqarosi ekanligidan qat'i nazar, O'zbekiston Respublikasi sudida ajralishga haqlidir.
O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida nikohdan ajralish mumkin bo'lgan hollarda bunday nikohdan ajralish O'zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalarida yoki konsullik muassasalarida amalga oshirilishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxslar o'rtasidagi nikohdan ajratish O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tegishli chet el davlatining qonunchiligiga rioya etilgan holda amalga oshirilgan bo'lsa, O'zbekiston Respublikasida haqiqiy deb e'tirof etiladi.
O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida chet el fuqarolari o'rtasidagi nikohdan ajratish tegishli chet el davlatining qonunchiligiga rioya etilgan holda amalga oshirilgan bo'lsa, O'zbekiston Respublikasida haqiqiy deb e'tirof etiladi.
lex.uz’dagi asl matnOila kodeksi
236-modda. Nikohdan ajratish
(236-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.