Oila kodeksi

231-modda. Tug'ilish, nikoh tuzish va nikohdan ajralish to'g'risidagi yozuvlarni tiklash

Tug'ilish, nikoh tuzish, nikohdan ajralish haqidagi dalolatnomalar yozuvlari bu yozuvlar kimga nisbatan tuzilgan bo'lsa, faqat ana shu shaxslarning arizasiga ko'ra tiklanadi. Agar o'n olti yoshgacha bo'lgan bolaning tug'ilishi haqidagi yozuv yo'qolgan bo'lsa, yozuv bolaning ota-onasi, vasiysi, homiysi, bolalar muassasasi ma'muriyatining arizasiga binoan tiklanadi. Yozuvni tiklashdan manfaatdor taraflar o'rtasida nizo bo'lsa, yozuvni tiklash O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga asosan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.