Oila kodeksi

219-modda. Er-xotindan birining arizasi bo'yicha nikohdan ajralishni qayd etish

Er-xotindan birining arizasi bo'yicha nikohdan ajralishni qayd etish uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga quyidagilar taqdim etiladi: er (xotin)ning muomalaga layoqatsiz yoxud bedarak yo'qolgan deb topilganligi to'g'risida sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori; er (xotin) uch yildan kam bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilinganligi to'g'risida sudning qonuniy kuchga kirgan hukmidan ko'chirma, shuningdek sudlangan er (xotin)ning o'rtadagi bolalari va mol-mulki yuzasidan nizosi yo'qligi to'g'risidagi tilxat.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.