Oila kodeksi

198-modda. Tutingan ota-ona

Voyaga yetgan har ikki jinsdagi shaxslar tutingan ota-ona bo'lishlari mumkin, quyidagilar bundan mustasno: sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar; sud tomonidan ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklangan shaxslar; qonun bilan o'z zimmasiga yuklatilgan majburiyatni lozim darajada bajarmaganligi uchun vasiylik yoki homiylik vazifalarini bajarishdan chetlashtirilgan shaxslar; ilgari farzandlikka bola olgan, lekin ushbu Kodeks 169-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bo'yicha sud tomonidan farzandlikka olish bekor qilingan shaxslar; qasddan qilgan jinoyatlari uchun ilgari hukm qilingan shaxslar; sog'lig'ining holatiga ko'ra bolani tarbiyalash majburiyatini bajara olmaydigan shaxslar. Tutingan ota-onalarni tanlash vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshiriladi. Tutingan ota-ona tarbiyaga olingan bolaga nisbatan vasiylik huquq va majburiyatlariga egadir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.