Oila kodeksi

195-modda. Bolalarni oilaga tarbiyaga olish to'g'risidagi kelishuv

(195-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Bolalarni oilaga tarbiyaga olish to'g'risidagi kelishuv vasiylik va homiylik organlari bilan tutingan ota-ona o'rtasida tuziladi. Bolalarni oilaga tarbiyaga olish to'g'risidagi kelishuvda bolalarni ta'minlash, tarbiyalash va ularga ta'lim berish, tarbiyaga olgan tutingan ota-onaning huquq va majburiyatlari, vasiylik va homiylik organlarining bolalarni tarbiyaga olgan oilaga nisbatan majburiyatlari, shuningdek bunday kelishuvni bekor qilish asoslari va oqibatlari ko'rsatilishi kerak. Kelishuv tuzilishidan oldin bolani tarbiyaga olayotgan shaxsning turmush shart-sharoitlari va oila a'zolarining sog'lig'i tekshiriladi. Bolalarni oilaga tarbiyaga berishda vasiylik va homiylik organlari ularga bir yo'la kiyim-bosh va poyabzal beradi, bolani oilaga tarbiyaga olgan shaxsga esa, oilaga tarbiyaga olingan bolaning ta'minoti uchun qonunchilikda belgilangan miqdorda har oyda nafaqa to'lab turadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.