Farzandlikka olishga faqat voyaga yetmagan bolalarga nisbatan va faqat ularning eng ustun manfaatlarini ko'zlab yo'l qo'yiladi.
Farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni istagan shaxslarning (shaxsning) arizasiga ko'ra, vasiylik va homiylik organlarining farzandlikka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bolaning eng ustun manfaatlariga to'g'ri kelishi haqidagi xulosasi hisobga olingan holda sud tomonidan amalga oshiriladi.
Farzandlikka olish to'g'risidagi ishlar O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida nazarda tutilgan qoidalar bo'yicha alohida ish yuritish tartibida, farzandlikka oluvchilar (oluvchi), vasiylik va homiylik organlari vakillari, shuningdek prokuror ishtirokida sud tomonidan ko'rib chiqiladi.
Aka-ukalar va opa-singillarni turli shaxslar tomonidan farzandlikka olishga yo'l qo'yilmaydi, farzandlikka olish bolalarning eng ustun manfaatlariga muvofiq kelgan hollar bundan mustasno.
lex.uz’dagi asl matnOila kodeksi
151-modda. Farzandlikka olish
(151-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 1 июлдаги ЎРҚ-1156-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 02.07.2026 й., 03/26/1156/0670-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.