Oila kodeksi

147-modda. Aliment majburiyatlarining tugatilishi

Aliment to'lash to'g'risidagi kelishuvda belgilangan aliment majburiyatlari taraflardan birining o'limi, mazkur kelishuv muddatining o'tishi yoki unda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko'ra tugaydi. Sud tartibida undiriladigan aliment to'lash: bola voyaga yetganda yoki voyaga yetmasdan turib to'la muomala layoqatiga ega bo'lganda; foydasiga aliment undirilayotgan bola farzandlikka olinganda; sud aliment oluvchining mehnatga layoqati tiklangan yoki uni yordamga muhtoj bo'lmay qolgan deb topganda; mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj aliment oluvchi sobiq er yoki xotin yangi nikohga kirganda; aliment oluvchi yoki aliment to'lashi shart bo'lgan shaxs vafot etganda tugatiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.