Oila kodeksi

145-modda. Aliment to'lashi shart bo'lgan shaxs chet davlatga ketayotganida aliment to'lanishi

(145-модда Ўзбекистон Республикасининг 2018 йил 9 январдаги ЎРҚ-459-сонли Қонунига асосан учинчи ва тўртинчи қисмлар билан тўлдирилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 10.01.2018 й., 03/18/459/0536-сон)

Aliment to'lashi shart bo'lgan shaxs doimiy yashash uchun yoki uch oydan ortiq muddatga chet davlatga ketayotganida qonunga muvofiq o'zi ta'minot berishi lozim bo'lgan aliment oluvchilar bilan ushbu Kodeksning 130—134-moddalariga asosan aliment to'lash to'g'risida kelishuv tuzishi shart. Aliment to'lash to'g'risida kelishuvga erishilmagan taqdirda manfaatdor shaxs aliment miqdorining pul bilan to'lanadigan qat'iy summada belgilanishi va alimentni bir yo'la to'lash to'g'risida yoki aliment evaziga muayyan mol-mulkni berish yoxud alimentni boshqa usulda to'lash to'g'risidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqli. Voyaga yetmagan bolalar ta'minoti uchun alimentlar oldindan to'langan yoki aliment to'lash majburiyatini ta'minlash uchun garov shartnomasi tuzilgan bo'lsa, shaxs aliment to'lash to'g'risida kelishuv tuzish majburiyatidan ozod etiladi. Alimentlarni oldindan to'lash, shuningdek aliment to'lash majburiyatini ta'minlash bo'yicha garov shartnomasini tuzish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.