Aliment qarshi qo'yilgan boshqa talablar bilan hisobga o'tkazilishi mumkin emas.
Alimentni qaytarib olishga yo'l qo'yilmaydi, quyidagi hollar bundan mustasno:
aliment oluvchi tomonidan yolg'on ma'lumotlar berish yoki qalbaki hujjatlar taqdim etish oqibatida aliment undirish to'g'risida chiqarilgan sudning hal qiluv qarori bekor qilinganda;
aliment oluvchi tomonidan aldash, qo'rqitish yoki zo'rlik ta'siri ostida tuzilgan aliment to'lash to'g'risidagi kelishuv haqiqiy emas deb topilganda;
aliment to'lanishiga asos bo'lgan sudning hal qiluv qarori, aliment to'lash to'g'risidagi kelishuv yoki ijro varaqasi qalbakiligi fakti sud hukmi bilan aniqlanganda.
Agar ushbu moddaning ikkinchi qismida ko'rsatilgan harakatlar voyaga yetmagan bolaning yoki voyaga yetgan muomalaga layoqatsiz aliment oluvchining vakili tomonidan sodir etilgan bo'lsa, aliment qaytarib olinmaydi, to'langan aliment summalari esa, aliment to'lashi shart bo'lgan shaxsning da'vosiga ko'ra aybdor vakildan undiriladi.
lex.uz’dagi asl matnOila kodeksi
143-modda. Alimentni hisobga o'tkazishga va qaytarib olishga yo'l qo'yilmasligi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.