Oila kodeksi

129-modda. Qarindoshlar va boshqa shaxslardan undiriladigan alimentning miqdori

Qarindoshlar va boshqa shaxslardan voyaga yetmagan bolalar uchun, shuningdek voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj shaxslar ta'minoti uchun undiriladigan alimentning miqdori sud tomonidan aliment undirilayotgan shaxsning va aliment olayotgan shaxsning moddiy va oilaviy ahvolini hisobga olib, har oyda pul bilan to'lanadigan qat'iy summada belgilanadi. Aliment miqdorini belgilashda, talab aliment to'lashi shart bo'lgan shaxslarning barchasiga yoxud ularning bir nechtasiga yoki faqat biriga qaratilgan bo'lishidan qat'i nazar, ana shu shaxslar hisobga olinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.