Yetarli mablag'ga ega bo'lgan sobiq er (xotin)dan:
sobiq xotin homiladorlik davrida va o'rtada bola tug'ilgan kundan boshlab uch yil davomida;
o'rtadagi nogironligi bo'lgan bolani u o'n sakkiz yoshga to'lguniga qadar parvarishlashni yoki bolalikdan I guruh nogironligi bo'lgan bolani parvarishlashni amalga oshirgan, yordamga muhtoj bo'lgan sobiq xotin (er);
nikohdan ajralgunga qadar yoki nikohdan ajralgan paytdan boshlab bir yil davomida mehnatga layoqatsiz bo'lib qolgan yordamga muhtoj sobiq xotin (er);
nikohdan ajralgan paytdan boshlab besh yil ichida pensiya yoshiga yetgan yordamga muhtoj xotin (er), agar er-xotin uzoq vaqt nikohda turishgan bo'lsa, sud tartibida aliment talab qilish huquqiga egadir.
Nikohdan ajralgandan keyin sobiq er yoki xotinga to'lanadigan aliment miqdori va uni to'lash tartibi sobiq er-xotin o'rtasidagi kelishuv bilan belgilanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnOila kodeksi
118-modda. Nikohdan ajralganidan keyin sobiq er (xotin)ning ta'minot olish huquqi
(118-модда биринчи қисмининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 17 майдаги ЎРҚ-770-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.05.2022 й., 03/22/770/0424-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.