Oila kodeksi

115-modda. Sudning bir necha hal qiluv qarorlari bo'yicha undiriladigan aliment miqdorini belgilash

(115-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2003 йил 12 декабрдаги 568-II-сон Қонуни таҳририда — Олий Мажлис Ахборотномаси, 2004 й., 1-2-сон, 18-модда)

Boshqa-boshqa ota-onadan tug'ilgan voyaga yetmagan bolalar uchun sudning bir necha hal qiluv qarorlariga asosan bir ota (ona)dan undirilayotgan alimentning umumiy miqdori ushbu Kodeksning 99-moddasida nazarda tutilgan miqdordan oshib ketsa, aliment to'lovchi ota (ona) aliment to'lash haqidagi sudning hal qiluv qarori yoki sud buyrug'i kimning foydasiga chiqqan bo'lsa, o'sha shaxslarning har biriga nisbatan alimentning miqdorini tegishincha kamaytirish to'g'risida da'vo taqdim etishi mumkin. Sud sudlarning barcha hal qiluv qarorlariga binoan to'lanishi lozim bo'lgan, ushbu Kodeks 99-moddasida belgilangan aliment miqdoridan kelib chiqqan holda, bolalarga nisbatan sudlarning hal qiluv qarorlari mavjud bo'lsa, ularning har biriga tegishli bo'lgan alimentning teng ulushdagi yangi miqdorini belgilaydi. Alimentning miqdorini kamaytirishga asos bo'lgan holatlar tugagan taqdirda, voyaga yetmagan bolalari uchun aliment oluvchi shaxs ushbu Kodeksning 99-moddasida ko'rsatilgan miqdorda aliment undirish to'g'risida da'vo bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.