«Ommaviy axborot vositalari to'g'risida»gi qonun

6-modda. Ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda suiiste'mollarga yo'l qo'yilmasligi

(6-модда Ўзбекистон Республикасининг 2002 йил 30 августдаги 405–II-сон Қонунига асосан тўртинчи қисм билан тўлдирилган, — Олий Мажлис Ахборотномаси, 2002 й., 9-сон, 165-модда)

Ommaviy axborot vositalaridan O'zbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo'rlik bilan o'zgartirishga da'vat qilish, urush va zo'ravonlikni, shafqatsizlikni, milliy, irqiy va diniy adovatni targ'ib etish, davlat sirini yoki qonun bilan qo'riqlanadigan o'zga sirni oshkor etish, jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladigan boshqa xatti-harakatlarni sodir qilish maqsadida foydalanilishiga yo'l qo'yilmaydi. Ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolarning sha'ni va qadr-qimmatini tahqirlash, ularning shaxsiy hayotiga aralashish taqiqlanadi. Prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchining yozma ruxsatisiz dastlabki tergov materiallarini e'lon qilish, muayyan ish bo'yicha sud qarori chiqmasdan turib yoki sudning hal qiluv qarori yoxud hukmi qonuniy kuchga kirmay turib, uning natijalarini taxmin qilish yoki sudga o'zgacha yo'l bilan ta'sir ko'rsatish, nomini ko'rsatmaslik sharti bilan ma'lumot bergan shaxsning nomini oshkor qilish (sud oshkor etishni talab qiladigan hollar bundan mustasno) taqiqlanadi. Ushbu modda talablarini buzganlikda aybdor shaxslar, shu jumladan muharrir (bosh muharrir), jurnalist, boshqa shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.