«Ommaviy axborot vositalari to'g'risida»gi qonun

21-modda. Nashrga oid ma'lumotlar

Davriy nashrning har bir sonida quyidagi ma'lumotlar ko'rsatilishi kerak: 1) nashrning nomi; 2) tahririyatning manzili; 3) muassis (muassislar)ning nomi; 4) muharrirning (bosh muharrirning) familiyasi, ismi-sharifi; 5) davriy nashrning ro'yxatga olingan tartib raqami hamda bosilib chiqqan sanasi, gazetalarning esa, shuningdek, chop etishga ruxsat berilib, imzo qo'yilgan vaqti; 6) aloqa korxonalari orqali tarqatiladigan davriy nashrlar uchun indeks raqami; 7) tiraji; 8) bosmaxonaning nomi va manzili. Televideniye, radioeshittirish tahririyati har safar efirga chiqqanda, uzluksiz eshittirish chog'ida esa, bir kecha-kunduzda kamida to'rt marta televideniye, radioeshittirish tahririyati nomini e'lon qilishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.