Ommaviy axborot vositasini chiqarish yoki nashr etish muassisning yoki sudning qarori bilan tugatilishi (yoki to'xtatilishi) mumkin.
Ommaviy axborot vositasi ommaviy axborot vositalari to'g'risidagi qonun hujjatlariga muntazam rioya etmay kelgan taqdirda vakolatli organ ommaviy axborot vositasini tugatish (uning faoliyatini tugatish) haqida sudga murojaat etishga haqli.
Muassis ommaviy axborot vositasini chiqarishni yoki nashr etishni tugatish to'g'risidagi qaror qabul qilgan taqdirda muharrir (bosh muharrir) yoki tahririyat xodimi ushbu Qonunning 9-moddasiga muvofiq xuddi shu nomda ommaviy axborot vositasi ta'sis etish masalasini qo'yishi mumkin. Bunday hollarda ommaviy axborot vositasini qayta ro'yxatdan o'tkazish talab etiladi.
lex.uz’dagi asl matn«Ommaviy axborot vositalari to'g'risida»gi qonun
16-modda. Ommaviy axborot vositasini chiqarishni yoki nashr etishni tugatish
(16-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2002 йил 30 августдаги 405–II-сон Қонунига асосан биринчи ва иккинчи қисмлар билан алмаштирилган, — Олий Мажлис Ахборотномаси, 2002 й., 9-сон, 165-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.