«Notariat to'g'risida»gi qonun

83-modda. Hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib olish

Notarius hujjatlarni saqlash uchun ro'yxat bo'yicha qabul qilib oladi. Ro'yxatning bir nusxasi notariusda qoladi, boshqa nusxasi hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxsga beriladi. Agar hujjatlar lozim tarzda o'rab joylashtirilgan bo'lsa, shaxsning iltimosiga ko'ra notarius ularni ro'yxatsiz ham qabul qilib olishi mumkin. Hujjatlar o'ramiga notariusning muhri qo'yiladi hamda u notarius va hujjatlarni topshirgan shaxs tomonidan imzolanadi. Bunday hollarda notarius hujjatlar o'ramining but saqlanishi uchun javob beradi. Hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxsga guvohnoma beriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.