«Notariat to'g'risida»gi qonun

7-modda. Notarius faoliyatidagi cheklovlar

(7-модда Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 14 январдаги ЎРҚ-602-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 15.01.2020 й., 03/20/602/0052-сон)

Notarius: ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan, shuningdek Notarial palata va uning hududiy boshqarmalaridagi faoliyatdan tashqari tadbirkorlik va boshqa faoliyat bilan shug'ullanishga; shartnomalarni tuzish, o'zgartirish va bekor qilish chog'ida vositachilik xizmati ko'rsatishga; faksimiledan foydalanishga va shaxsiy muhrni boshqa shaxslarga berishga, bundan uning litsenziyasining amal qilishi to'xtatilgan davrga muhrni Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligiga, adliya boshqarmalariga topshirishi mustasno; ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda o'z idorasi joylashgan hududdan tashqarida faoliyatni amalga oshirishga haqli emas. Xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notarius o'z fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish shartnomasini tuzmasdan turib o'z faoliyatini amalga oshirishga ham haqli emas. Ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan cheklov davlat notarial idorasining boshqa xodimlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.