Hujjat nusxasidan ko'chirilgan nusxaning to'g'riligini notariuslar, basharti avvalgi nusxaning to'g'riligi notarial tartibda shahodatlangan bo'lsa yoki hujjatning nusxasi uning asl nusxasi tayyorlangan korxona, muassasa, tashkilot tomonidan berilgan bo'lsa, shahodatlaydi. Keyingi holatda hujjatning nusxasi mazkur yuridik shaxsning ish qog'ozida bayon etilgan, muhr bosib tasdiqlangan va unda shu hujjatning asli mazkur korxona, muassasa, tashkilotda ekanligi yozib qo'yilgan bo'lishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn«Notariat to'g'risida»gi qonun
66-modda. Hujjat nusxasidan ko'chirilgan nusxaning to'g'riligini shahodatlash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.