«Notariat to'g'risida»gi qonun

63-modda. Marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) arizasiga ko'ra umumiy mol-mulkdagi ulushga bo'lgan mulk huquqi to'g'risida guvohnoma berish

(63-модда Ўзбекистон Республикасининг 2018 йил 11 октябрдаги ЎРҚ-497-сонли Қонунига асосан учинчи қисм билан тўлдирилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 12.10.2018 й., 03/18/497/2044-сон — 2019 йил 1 январдан кучга киради)

Er-xotindan biri vafot etgan taqdirda er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo'lgan mulk huquqi to'g'risidagi guvohnoma marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) yozma arizasiga ko'ra meros ochilgan joydagi notarius tomonidan berilib, merosni qabul qilib olgan merosxo'rlar bu xususda xabardor qilinadi. Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo'lgan mulk huquqi to'g'risidagi guvohnoma marhum erdan (xotindan) keyin xotinga (erga) nikoh davomida orttirilgan umumiy mol-mulkning yarmisi uchun berilishi mumkin. Agar marhum erdan (xotindan) keyin xotin (er) tomonidan mulk huquqi to'g'risidagi guvohnomani olish haqida yozma ariza berilmasa, er- xotinning umumiy mol-mulkidagi ulush ajratilmaydi. Merosni qabul qilib olgan merosxo'rlarning yozma arizasiga ko'ra va marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) roziligi bilan mulk huquqi to'g'risidagi guvohnomada vafot etgan erning (xotinning) ham umumiy mol-mulkdagi ulushi belgilanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.