«Notariat to'g'risida»gi qonun

6-modda. Notarial harakatlarning maxfiyligi

(6-модда тўртинчи қисмининг олтинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 декабрдаги ЎРҚ-1102-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.12.2025 й., 03/25/1102/1173-сон)

Notariusning, notarial harakatlarni amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxslarning, shuningdek amalga oshirilayotgan notarial harakatlar to'g'risida o'z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xabardor bo'lib qolgan shaxslarning o'zlariga ma'lum bo'lgan ma'lumotlarni oshkor qilishi, shu jumladan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin ham oshkor qilishi taqiqlanadi. Amalga oshirilgan notarial harakatlar to'g'risidagi ma'lumotlar (hujjatlar) bu harakatlar kimning nomidan yoki kimning topshirig'iga ko'ra amalga oshirilgan bo'lsa, o'sha shaxslarning o'zigagina berilishi mumkin. Amalga oshirilgan notarial harakatlar to'g'risidagi ma'lumotnomalar (ma'lumotlar) sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlari yurituvida bo'lgan ishlar munosabati bilan ularning talabiga binoan beriladi. Notariuslar tomonidan shuningdek: maxsus vakolatli davlat organiga — jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg'in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog'liq bo'lgan amalga oshirilgan notarial harakatlar to'g'risidagi ma'lumotnomalar (ma'lumotlar); davlat soliq xizmati organiga — ko'chmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini, mol-mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash va ijara haqining miqdori to'g'risidagi, shuningdek meros yoki hadya tartibida fuqarolar mulkiga o'tayotgan mol-mulkning qiymati haqidagi ma'lumotnomalar; ichki ishlar organiga — avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish huquqi uchun ishonchnomalarni, ushbu vositalarni boshqa shaxsga o'tkazish, ijaraga berish, ulardan tekin foydalanish, ularning garov, lizing shartnomalarini tasdiqlash to'g'risidagi ma'lumotnomalar; qonunchilikka muvofiq O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga — boshqa shaxsga o'tkazilayotgan ko'chmas mulkning kadastr raqami to'g'risidagi va oluvchi haqidagi ma'lumotlar; O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga va «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlariga (bundan buyon matnda ijtimoiy himoya organi deb yuritiladi) umrbod ta'minlash sharti bilan uyni (kvartirani) boshqa shaxsga berishga doir bitimlar va umrbod renta shartnomasi to'g'risidagi, vasiylikdagi shaxsning mol-mulkini taqsimlashga doir bitimlar hamda uning taqdirini hal qilishga qaratilgan boshqa bitimlar haqidagi ma'lumotlar, shuningdek ijtimoiy xizmat va yordam ko'rsatish to'g'risidagi arizaga asosan yuborilgan so'rovga ko'ra, amalga oshirilgan notarial harakatlar haqidagi ma'lumotnomalar (ma'lumotlar), shu jumladan qimmatli qog'ozlar, ko'chmas mulk, avtomototransport vositalarining oldi-sotdi, hadya, ijara, garov, tekin foydalanish, lizing shartnomalari to'g'risidagi va ijara haqining miqdori haqidagi, avtomototransport vositasini boshqarish va sotish huquqi bilan berilgan ishonchnomalar to'g'risidagi, meros va hadya tartibida fuqarolar mulkiga o'tayotgan mol-mulkning qiymati hamda daromad keltiradigan va majburiy davlat ro'yxatidan o'tkazilishi lozim bo'lgan boshqa bitimlarning miqdori haqidagi ma'lumotlar; kredit byurosiga uning so'roviga ko'ra — bitim predmeti bo'lgan ob'yektni boshqa shaxsga o'tkazishni taqiqlash yoki ushbu ob'yektga nisbatan xatlov mavjud emasligi to'g'risidagi ma'lumotnomalar (ma'lumotlar); rieltorlik tashkilotiga uning so'roviga ko'ra — bitim predmeti bo'lgan ko'chmas mulk ob'yektini boshqa shaxsga o'tkazishni taqiqlash yoki ushbu ob'yektga nisbatan xatlov mavjud emasligi to'g'risidagi ma'lumotnomalar (ma'lumotlar); manfaatdor shaxslarga vasiyat qiluvchining vafotidan keyin — vasiyatnoma to'g'risidagi ma'lumotnomalar beriladi. Amalga oshirilgan notarial harakatlar to'g'risidagi ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga o'z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi maqsadida uning so'roviga ko'ra taqdim etiladi. Ma'lumotnomalarni (ma'lumotlarni) taqdim etish axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llagan holda amalga oshirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.