«Notariat to'g'risida»gi qonun

53-modda. Meros mol-mulkning qo'riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko'rish to'g'risida topshiriq berish

(53-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2010 йил 14 сентябрдаги ЎРҚ-255-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2010 й., 37-сон, 313-модда)

Agar meros qoldiruvchining mol-mulki yoki uning bir qismi meros ochilgan joydan tashqarida bo'lsa, meros ochilgan joydagi notarius bu haqda meros mol-mulk joylashgan yerdagi notariusga meros mol-mulkning qo'riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko'rish to'g'risida topshiriq yuboradi. Meros mol-mulkning qo'riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko'rgan notarius meros ochilgan joydagi notarial idoraga ko'rilgan chora-tadbirlar haqida xabar qiladi va meros mol-mulk ro'yxatining nusxasini yuboradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.