«Notariat to'g'risida»gi qonun

-modda. Malaka komissiyalari

(3¹-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 14 январдаги ЎРҚ-602-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 15.01.2020 й., 03/20/602/0052-сон)

Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari (bundan buyon matnda malaka komissiyalari deb yuritiladi) xususiy notarial faoliyat bilan shug'ullanish huquqini beruvchi litsenziyani (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) to'xtatib turish va tugatish bilan bog'liq ishlarni ko'rib chiqish maqsadida tashkil etiladi. Malaka komissiyalari Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalarining qarorlari bilan Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasi vakillari, notariuslar hamda adliya organlarining xodimlari orasidan besh nafardan to'qqiz nafar kishigacha bo'lgan tarkibda toq miqdorda tuziladi. Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash bo'yicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shug'ullanish huquqini berish bo'yicha malaka imtihonini o'tkazish, notarius qasamyodini qabul qilish, malaka komissiyalarining qarorlari ustidan berilgan apellyatsiyalarni ko'rib chiqish, shuningdek malaka komissiyalarining ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish uchun o'n bir nafar kishidan iborat tarkibda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi (bundan buyon matnda Oliy malaka komissiyasi deb yuritiladi) tuziladi. Oliy malaka komissiyasi tarkibiga O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyalari, Notarial palata vakillari, notariuslar hamda adliya organlarining xodimlari, shuningdek advokatlar kiradi. Oliy malaka komissiyasining shaxsiy tarkibi O'zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi. Tanlov o'tkazish va malaka imtihoni topshirish tartibi, Oliy malaka komissiyasi va malaka komissiyalari to'g'risidagi nizomlar O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.