«Notariat to'g'risida»gi qonun

28-modda. Konsullar tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar

(28-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

O'zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari quyidagi notarial harakatlarni amalga oshiradi: 1) bitimlarni (shartnomalar, vasiyatnomalar, ishonchnomalar va hokazolarni) tasdiqlaydi, O'zbekiston Respublikasida joylashgan ko'chmas mol-mulkni boshqa shaxsga o'tkazish va garovga qo'yish to'g'risidagi shartnomalar bundan mustasno; 2) fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlaydi; 3) fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi; 4) fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydi; 5) hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi; 6) meros mol-mulkning qo'riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko'radi; 7) merosga bo'lgan huquq to'g'risida guvohnomalar beradi; 8) er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga mulk huquqi haqida guvohnomalar beradi; 9) hujjatlarning nusxalari va hujjatlardan olingan ko'chirmalar to'g'riligini shahodatlaydi; 10) hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini shahodatlaydi; 11) hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to'g'ri tarjima qilinganligini shahodatlaydi; 12) pul summalari va qimmatli qog'ozlarni depozitga qabul qilib oladi; 13) saqlash uchun hujjatlarni qabul qilib oladi; 14) ijro xatlarini yozadi; 15) dengiz protestlarini amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.