Xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslarning faoliyati tufayli yetkazilgan zararning o'rnini qoplash maqsadida Notarial palata huzurida Kompensatsiya fondi tashkil etiladi.
Notarial faoliyatga ko'maklashish, notariuslarning ijtimoiy himoyasini ta'minlash maqsadida Notarial palata huzurida Notariuslar faoliyatini qo'llab-quvvatlash va ijtimoiy himoya qilish fondi tashkil etiladi.
Davlat notarial idoralari notariuslari faoliyatini qo'llab-quvvatlash maqsadida Notarial palata huzurida Davlat notarial idoralari faoliyatini qo'llab-quvvatlash fondi tashkil etiladi.
Notarial palata huzuridagi Kompensatsiya fondi, Notariuslar faoliyatini qo'llab-quvvatlash va ijtimoiy himoya qilish fondi hamda Davlat notarial idoralari faoliyatini qo'llab-quvvatlash fondi notariuslarning Notarial palataga a'zolik badalidan ajratiladigan mablag'lar hisobidan shakllantiriladi.
Majburiy ajratmalar miqdori yil yakunida Notarial palata boshqaruvi yig'ilishining qaroriga ko'ra belgilanadi.
Notarial palata huzuridagi fondlarning mablag'laridan oqilona foydalanishi ustidan nazorat qilish Notarial palata tomonidan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn«Notariat to'g'risida»gi qonun
22⁷-modda. Notarial palata huzuridagi fondlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.