«Notariat to'g'risida»gi qonun

21-modda. Notarial harakatlar va notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan boshqa harakatlar uchun haq to'lash

(21-модда Ўзбекистон Республикасининг 2018 йил 11 октябрдаги ЎРҚ-497-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 12.10.2018 й., 03/18/497/2044-сон — 2019 йил 1 январдан кучга киради)

Notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun belgilangan stavkalar bo'yicha davlat boji undiriladi. Notarius notarial harakatni amalga oshirish uchun o'z ish joyidan boshqa joyga borganida manfaatdor jismoniy yoki yuridik shaxslar uning haqiqatda qilingan transport xarajatlarining o'rnini qoplaydi. Notarius tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo'shimcha harakatlar uchun haq undiriladi. Notarius tomonidan notarial harakatlar amalga oshirilganda notarial tartibda tasdiqlanadigan bitim loyihasini mustaqil tayyorlagan jismoniy va yuridik shaxslar huquqiy hamda texnik tusdagi qo'shimcha harakatlar uchun haq to'lashdan ozod etiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.