Yuridik ma'lumotga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi notarius yordamchisi bo'lishi mumkin.
Ushbu Qonun 2-moddasining ikkinchi qismida ko'rsatilgan shaxslar notarius yordamchisi bo'lishi mumkin emas.
Davlat notarial idorasi notariusining yordamchisini ishga qabul qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi, shuningdek viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda adliya boshqarmalari deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi. Xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notarius yordamchisini ishga qabul qilish O'zbekiston Respublikasi Notarial palatasining (bundan buyon matnda Notarial palata deb yuritiladi) tegishli hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan holda uni tavsiya qilgan notarius tomonidan amalga oshiriladi.
Notarius yordamchisi notariusning topshirig'iga ko'ra notarial harakatlarni amalga oshirishda ishtirok etishga, bitimlar, arizalar va boshqa hujjatlar loyihalarini tuzishga, hujjatlarning ko'chirma nusxalari va dublikatlarini, ulardan ko'chirmalarni tayyorlashga, shuningdek notarial harakatlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berishga haqli.
Davlat notarial idorasi notariusi yordamchisiga maxsus unvonlar — mansab darajalari beriladi.
lex.uz’dagi asl matn«Notariat to'g'risida»gi qonun
2¹-modda. Notarius yordamchisi
(2¹-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 14 январдаги ЎРҚ-602-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 15.01.2020 й., 03/20/602/0052-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.