«Notariat to'g'risida»gi qonun

16-modda. Notariusning faoliyat ko'rsatish hududi (notarial okrug)

(16-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 14 январдаги ЎРҚ-602-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 15.01.2020 й., 03/20/602/0052-сон)

Notariusning faoliyat ko'rsatish hududi (notarial okrug) O'zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy bo'linishiga muvofiq belgilanadi. Notarial idora tegishli notarial okrug doirasida joylashgan bo'lishi kerak. Jismoniy yoki yuridik shaxs notarial harakatni amalga oshirish uchun xohlagan notariusga murojaat qilishga haqli, bundan ushbu Qonunning 37, 51, 52, 59, 63, 74, 82 va 93-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno. Notariusning notarial harakatni belgilangan faoliyat hududidan tashqarida amalga oshirishi bu harakatni haqiqiy emas, deb topishga asos bo'lmaydi. Notarius mavjud bo'lmagan hududdagi vasiyat qiluvchi og'ir kasal bo'lgan hollarda vasiyatnomani tasdiqlash uchun notarius o'zi xizmat ko'rsatadigan hududdan tashqariga chiqishga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.