Notarial idora notarial ish yuritish hujjatlari va materiallarining but saqlanishini ta'minlashi, o'z notarial arxiv ishini yuritishi shart.
Notarial ish yuritish hujjatlari va materiallari uch yil o'tgach Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlarga topshirilishi kerak. Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar tomonidan beriladigan notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlari va reyestrlardan ko'chirmalar notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladi hamda ularni berganlik uchun qonunchilikda belgilangan tartibda haq undiriladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga ega bo'ladi.
Notarial ish yuritish qoidalari, notarial hujjatlarni saqlash muddatlari va tartibi O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari davlat boji tushumlarining hisobini yuritadi va ular yuzasidan davlat soliq xizmati organlariga hisobot taqdim etadi.
lex.uz’dagi asl matn«Notariat to'g'risida»gi qonun
10-modda. Notarial ish yuritish va hisobdorlik
(10-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.