Law on the Rights of Persons with Disabilities

6-modda. Nogironlik belgisiga ko'ra kamsitilishga yo'l qo'ymaslik printsipi

Nogironligi bo'lgan shaxslarga nisbatan har qanday ajratib qo'yish, istisno etish, chetlatish, cheklash yoki afzal ko'rish, shuningdek nogironligi bo'lgan shaxslarning ob'yektlar va xizmatlardan foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratishni rad etish taqiqlanadi. Nogironligi bo'lgan shaxslar uchun imkoniyatlar tengligini ta'minlashga hamda ularni jamiyat va davlat hayotiga jalb etishga qaratilgan maxsus choralar boshqa fuqarolarga nisbatan kamsituvchi choralar hisoblanmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.