Law on the Rights of Persons with Disabilities

37-modda. Nogironligi bo'lgan shaxslarga ijtimoiy-maishiy xizmat ko'rsatish

(37-модда биринчи қисмининг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 декабрдаги ЎРҚ-1102-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.12.2025 й., 03/25/1102/1173-сон)

Nogironligi bo'lgan shaxslarga ijtimoiy-maishiy xizmat ko'rsatish davlat organlari, xayriya tashkilotlari va boshqa tashkilotlar tomonidan fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shu jumladan nogironligi bo'lgan shaxslarning jamoat birlashmalari ishtirokida amalga oshiriladi hamda quyidagi turlarni o'z ichiga oladi: ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish masalalari yuzasidan maslahat berish; tegishli organlar va tashkilotlarga yuborish; sog'lig'ining holatiga ko'ra o'ziga nisbatan homiylik belgilanishiga muhtoj nogironligi bo'lgan shaxslarga ko'maklashish va homiylarning o'z majburiyatlarini bajarishi ustidan nazoratni amalga oshirish; protez-ortopediya moslamalarini va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini olishda ko'maklashish; o'zgalarning parvarishiga muhtoj nogironligi bo'lgan shaxslarni dori vositalari bilan bepul yoki imtiyozli ta'minlash; o'zgalarning parvarishiga muhtoj nogironligi bo'lgan shaxslarning asosiy oziq-ovqat mahsulotlari hamda gigiyena vositalari bilan bepul ta'minlanishiga, shu jumladan ovqat tayyorlashiga va uy-joyni yig'ishtirishiga, gigiyenani amalga oshirishiga ko'maklashish. Agar xodim ish beruvchining aybi bilan nogiron va o'zgalarning parvarishiga muhtoj bo'lib qolgan bo'lsa, nogironligi bo'lgan shaxs mehnat qobiliyatini yo'qotgan vaqtda uni parvarish qiluvchi shaxsni ish beruvchi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining xulosasiga binoan o'z hisobidan ta'minlashi hamda jabrlangan xodimga yetkazilgan moddiy zararning o'rnini qoplashi va ma'naviy ziyonni kompensatsiya qilishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.