Law on the Rights of Persons with Disabilities

3-modda. Asosiy tushunchalar

(3-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 5 сентябрдаги ЎРҚ-955-сонли Қонунига асосан иккинчи хатбоши билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 09.09.2024 й., 03/24/955/0688-сон)

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi: muloqot — tillardan, matnlardan, Brayl alifbosidan, taktil muloqotdan, yirik shriftdan, qulay multimedia vositalaridan, xuddi shuningdek bosma materiallardan, audiovositalardan, odatiy tildan, shuningdek muloqotning kuchaytiruvchi va muqobil usullari, vositalari hamda shakllaridan, shu jumladan qulay axborot-kommunikatsiya texnologiyasidan foydalanish; nogironlik belgisiga ko'ra kamsitish — maqsadi yoki natijasi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, fuqaroviy sohada yoki boshqa sohada o'zgalar bilan nogironligi bo'lgan shaxslarning teng huquq va erkinliklarini e'tirof etishni yoki ro'yobga chiqarishni inkor qilishdan iborat bo'lgan, nogironlik sababli har qanday ajratib qo'yish, istisno etish, chetlatish, cheklash; nogironligi bo'lgan bolalar (bola) — barqaror jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari tufayli hayotiy faoliyati cheklanganligi munosabati bilan davlat va jamiyat tomonidan ijtimoiy yordam ko'rsatilishiga hamda o'z huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishiga muhtoj o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan shaxslar; nogironligi bo'lgan shaxs — ijtimoiy yordam va himoyaga, jamiyat va davlatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hayotida boshqalar bilan birga teng to'liq va samarali ishtirok etish uchun shart-sharoitlar yaratilishiga muhtoj barqaror jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan shaxs; nogironligi bo'lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish — hayot faoliyatiga doir cheklovlarni yengib o'tish, ularning o'rnini qoplash (kompensatsiya qilish) uchun nogironligi bo'lgan shaxslarga shart-sharoitlarni ta'minlaydigan hamda ularga jamiyat va davlat hayotida ishtirok etishning boshqa fuqarolar bilan teng imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan, davlat tomonidan kafolatlangan iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi; nogironligi bo'lgan shaxslarning jamoat birlashmalari — nogironligi bo'lgan shaxslar tomonidan nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyat va davlat hayotida boshqa fuqarolar bilan teng ravishda ishtirok etish imkoniyatlarini ta'minlash maqsadida tuzilgan nodavlat notijorat tashkilotlari; oqilona moslashtirish — nogironligi bo'lgan shaxslarning boshqalar bilan teng ravishda inson huquqlari va erkinliklarini amalga oshirishi uchun aniq bir holatda tuzatishlar kiritish; protez-ortopediya moslamalari — yo'q bo'lgan qo'l-oyoqlarning yoki tana boshqa qismlarining o'rnini bosish uchun mo'ljallangan, organizmning buzilgan yoki yo'qolgan funktsiyalarini kompensatsiya qiluvchi moslamalar; surdotarjima — biror-bir tildan daktil alifbosi yordamida va (yoki) imo-ishora tilida tarjima qilish usuli; surdotexnika vositalari — eshitishdagi nuqsonlarni tuzatish va kompensatsiya qilish uchun texnik vositalar, shu jumladan aloqani va axborot uzatishni kuchaytiruvchi vositalar; tibbiy-ijtimoiy ekspertiza — tekshiruvdan o'tkazilayotgan shaxsning klinik-funktsional, ijtimoiy, kasbiy-mehnat va psixologik ma'lumotlarini kompleks baholash asosida uning sog'lig'i yo'qolganligi darajasini hamda organizmining funktsiyalari turg'un buzilganligi sababli hayot faoliyati cheklanganligi darajasini, nogironlik guruhini, nogironlikning boshlanishi sababi hamda vaqtini aniqlash, shuningdek shaxs uchun sog'lig'ining holatiga ko'ra mumkin bo'lgan mehnat faoliyati turlari va zarur mehnat sharoitlari, o'zgalarning parvarishiga, sanatoriy-kurortda davolanishning tegishli turlariga hamda ijtimoiy himoyaga bo'lgan ehtiyoji to'g'risida tavsiyalar berish; tiflotexnika vositalari — nogironligi bo'lgan shaxslarning ko'rishidagi nuqsoni natijasida yo'qolgan imkoniyatlarini tiklash va kompensatsiya qilishga qaratilgan vositalar; shaxs hayot faoliyatining cheklanganligi — shaxsning o'ziga o'zi xizmat qilish, harakatlanish, yo'lni topa olish, muloqot qilish, o'z xulq-atvorini nazorat qilish, shuningdek o'qish va mehnat faoliyati bilan shug'ullanish qobiliyatini yoki imkoniyatini to'liq yoxud qisman yo'qotganligi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.