Law on the Rights of Persons with Disabilities

24-modda. Transport vositalarining va yo'l infratuzilmasining qulayligi

Transport vositalarining va yo'l infratuzilmasining qulayligi aholiga transport xizmati ko'rsatuvchi tashkilotlar (tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'i nazar) tomonidan nogironligi bo'lgan shaxslarning jamoat birlashmalari ishtirokida: nogironligi bo'lgan shaxslarga qulaylik yaratish uchun jamoat transportining maxsus vositalar bilan jihozlanishini, shu jumladan alohida joylar jihozlanishini, eshitish qobiliyati zaif bo'lganlar uchun axborot tablolari o'rnatilishini hamda bekatlarning ovozli tarzda e'lon qilinishini; shahar va qishloq jamoat transporti vositalarining yo'nalishlari hamda ko'rsatkichlari keskin farqlanuvchi rangdagi yirik harflar bilan tasvirlanishini; yo'lovchi poyezdlarining vagonlari maxsus o'rinlar bilan va perronlar, shuningdek temir yo'l vokzallari maxsus mexanik panduslar bilan jihozlanishini; to'xtash maydonchalarini shaharsozlik normalari va qoidalarini hisobga olgan holda jihozlash, shu jumladan ularga panduslar va tutqichlar o'rnatish, transport vositasining kirish eshiklari oldidagi maydonchalarda taktil qoplamalarini qo'llash, shuningdek elektron axborot tablolarini o'rnatish; piyodalar o'tish joylari va chorrahalarini, ko'chalar hamda umumiy foydalanishdagi yo'llarni nogironligi bo'lgan shaxslarning ehtiyojlariga muvofiq moslashtirish; chorrahalarda tovushli va vizual signalizatsiya tizimlarini o'rnatish; aeroportlarda va aerovokzallarda, yirik temir yo'l stantsiyalarida, shuningdek metroda nogironligi bo'lgan shaxslarni transport vositalarigacha kuzatib borish; nogironligi bo'lgan shaxslar uchun maxsus kutish joylarini jihozlash yo'li bilan ta'minlanadi. Mahalliy transport vositalarini ishlab chiqish va ishlab chiqarish nogironligi bo'lgan shaxslarning ehtiyojlari inobatga olingan holda amalga oshirilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.